Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda «Instagram» bloklanmoqda

Eronda «Instagram» bloklanmoqda

Foto:«Blogcomunicando.com.br»

Eron Islom Respublikasi bosh prokurori yordamchisi Muhammad Musaddiq mamlakatda yaqin kunlarda «Instagram» ijtimoiy tarmog‘iga taqiq qo‘yilishi haqidagi axborotni tasdiqladi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar bergan.

Muhammad Musaddiqning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ayrim san’atkorlarning muhtojlarga ko‘mak berish bahonasida ijtimoiy tarmoqni mablag‘ to‘plash vositasiga aylantirib olgani «Instagram»ni cheklashga asosdir.

Eronda «Facebook», «Twitter», «Telegram» kabi ijtimoiy tarmoqlar ham bloklangan. 

Bugungi kunda Eron aholisining 23 foizi «Instagram» ijtimoiy tarmog‘i orqali axborot almashadi. Cheklovga qadar 55 foiz eronlik «Telegram»dan foydalangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring