Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erondagi portlash qurbonlari soni ma’lum qilindi

Erondagi portlash qurbonlari soni ma’lum qilindi

22 sentyabr kuni Eronning Ahvoz shahrida o‘tkazilayotgan harbiy paradga terrorchilik hujumi uyushtirilgani haqda xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishini tashkil qilmoqda. Yana 60 kishi yaralangan. Ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

Terrorchilik hujumini «Axvazdagi patriot arab demokratik harakati» guruhi o‘z zimmasiga olgan. Eron parlamenti vakilining «RIA Novosti»ga xabar berishicha, voqea joyida uch nafar jangari yo‘q qilingan, qolganlari shifoxonada vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring