Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi bir yilda bo‘linib ketishi mumkin

Yevropa ittifoqi bir yilda bo‘linib ketishi mumkin

Foto: «AFP 2018 / Tiziana Fabi»

Yevropa ittifoqining kelajagi qil ustida turibdi, uning taqdiri bir yil ichida hal bo‘ladi. Ushbu fikrni Italiya ichki ishlar vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari Matteo Salvini «Spiegel» nashriga bergan intervyusida bildirgan.

«Bir yilning ichida birlashgan Yevropa saqlanib qoladimi, yo‘qmi, aniq bo‘ladi», — degan vazir.

IIB rahbarining ta’kidlashicha, Italiya bundan buyon migrantlarni qabul qila olmaydi.

«Biz bir kishini ham qabul qila olmaymiz. Aksincha, bir necha kishini jo‘natib yuborishni xohlardik», — qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Salvini Yevrokomissiyaning uchrashuvida migratsiya muammosini hal etish bo‘yicha «yo‘l xaritasini» taqdim qilishni va’da qilgandi.

O‘tgan haftada esa Italiya va Malta hukumati tarkibida 600 migrant bo‘lgan «Aquaris» kemasini o‘z portlariga kiritmagan, uni Ispaniya qabul qilgan edi. Bu vaziyat Parij va Rim o‘rtasida mojaro keltirib chiqardi. Fransiyaning hukmron partiyasi vakili Gabriel Attal Italiyaning pozitsiyasini «ko‘ngilni aynituvchi» deb atagan, prezident Makron esa Italiyani «sinizm va mas’uliyatsizlikda» ayblagan edi.

Fransiyaning tanqidiga javoban Italiya hukumati «doim migrantlardan yuz o‘girishni ma’qul ko‘ruvchi ikkiyuzlamachi davlatlarning nasihatini» qabul qilmasligini bildirgan.

Keyinroq Italiya bosh vaziri va Fransiya prezidenti o‘rtasida muzokara o‘tkazilib, vaziyat yumshatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring