Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi harbiy xarajatlarni optimallashtirish orqali 100 milliard yevrogacha tejashni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqi harbiy xarajatlarni optimallashtirish orqali 100 milliard yevrogacha tejashni rejalashtirmoqda

Yevropa Komissiyasi 2017 yilda harbiy xaridlar uchun shaffof bozor yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Foto: Online.ua

Yevropa Ittifoqi (YeI) harbiy xarajatlarni optimallashtirish yo‘li bilan 25 milliarddan 100 milliard yevrogacha mablag‘ni tejashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Komissiyasining rahbari Jan-Klod Yunker 2021 yildan 2027-yilgacha bo‘lgan davrda Yevropa Ittifoqining yetti yillik budjetini shakllantirish muammosi bo‘yicha konferensiyada e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Bugungi kunda Yevropa Ittifoqidagi mudofaa sektorida sarf-xarajatlarning samarasizligi juda yuqori. Biz harbiy sanoat, ta’minot va ishlab chiqarish tizimlarining imkoniyatlarini samarali tarzda birlashtirib, har yili 25 milliarddan 100 milliard yevrogacha mablag‘ni tejashimiz mumkin», — dedi Yunker.

Yevropa Komissiyasi 2017-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida harbiy xaridlar uchun shaffof bozor yaratish va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan bir xil turdagi uskunalar sonini kamaytirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi davlatlari ushbu rejalarni tasdiqlash uchun hozircha tayyor emaslar. Chunki ular, birinchi navbatda, harbiy buyurtmalar borasida milliy hukumatlarning suverenitetiga putur yetkazishi mumkin. Ikkinchidan, harbiy-sanoat kompleksidagi yirik kompaniyalarning pozitsiyalari mustahkamlanishi bozordan ularning raqobatchilarini siqib chiqarishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring