Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa komissiyasi rahbari: «Suriya muammosini hal etishda Rossiya zarur»

Yevropa komissiyasi rahbari: «Suriya muammosini hal etishda Rossiya zarur»

Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker.

Foto: «Aif.ru»

Bugun, 13-aprel kuni Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan suhbatlashganidan so‘ng matbuot anjumanida Suriya masalani hal etishda Rossiyaning roli muhimligini qayd etdi. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar bermoqda.

«Suriya masalasini hal etishda Rossiyaning o‘rni muhim, shu sababli Yevropa ittifoqi Rossiya bilan «muzokara oyna»sini saqlab turibdi», – deya ta’kidlagan Yunker.

Joriy yilning 7-aprel kuni Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol ishlatilishi oqibatida 40 kishi vafot etdi. Bunda G‘arb davlatlari Suriya hukumatini ayblab chiqdi. O‘z navbatida, rasmiy Damashq bu ayblovni mutlaqo inkor qilib, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring