Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa parlamenti internetni chegaralamoqchi

Yevropa parlamenti internetni chegaralamoqchi

Foto: «News.bg»

Yevropa parlamenti insonlarning huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish maqsadida internet platformalarini cheklaydigan qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Yevropa parlamentining huquqiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi «Google», «Facebook», «Twitter» va «Microsoft» kabi internet tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni ta’minlash maqsadida cheklov qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasini tasdiqladi.

Parlament a’zolari Bryusselda yig‘ilib, ushbu masalani muhokama qilishdi.

Qonun loyihasi 14 ta «ha», 9 ta «yo‘q» va 2 ta betaraf ovoz bilan qabul qilindi.

Loyiha kuchga kirishi uchun Yevropa parlamenti umumiy kengashida tasdiqlanishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring