Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» ijtimoiy tarmoqdagi vaqtingizni hisoblab beradi

«Facebook» ijtimoiy tarmoqdagi vaqtingizni hisoblab beradi

Foto: «BBC.com»

Endi «Instagram» kabi «Feysbuk» foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdan qancha vaqt foydalanayotganlarini bilib olishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Life.ru».

Jahonning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i ayni paytda tegishli funksiya ustida sinov olib bormoqda. Ilovadagi yangi funsiya «Your Time on Facebook» («Sizning «Feysbuk»dagi vaqtingiz») deb nomlanishi haqida «Android Authority» yozmoqda.

Foydalanuvchi «Your Time on Facebook» yordamida ilovaga qancha vaqt sarflayotgani, uni har qancha vaqtda ochayotgani, kunlik, haftalik, oylik to‘liq statistika bilan tanishishi mumkin.

«Facebook» kompaniyasi yangi funksiya sinovdan o‘tayotganini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring