Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» sun’iy intellektga ega kamerani yaratish arafasida

«Facebook» sun’iy intellektga ega kamerani yaratish arafasida

Foto: «Viuz»

«Facebook» kompaniyasi «Amazon Echo»ga raqobatchi bo‘la oladigan videochatlar uchun «Portal» nomli «aqlli assistent» qurilmasini yaratish arafasida, deb xabar berdi «NV.ua».

«Cheddar» nashrining yozishicha, «Facebook»ning yangi qurilmasi odam yuzini tanishga qodir keng burchakli kamera bilan jihozlanadi. Bu esa «Portal»ga foydalanuvchilarning akkauntlaridagi suratlari bilan ularning o‘zini solishtirish imkonini beradi. Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq odam yuzini tanishga qodir texnologiya ustida uzoq yillardan beri ishlab keladi va so‘nggi vaqtlarda foydalanuvchilarni o‘zlari bo‘lmagan suratda qayd etishsa bu haqida ogohlantirishni boshladi.

Qurilma foydalanuvchilarga videochat orqali muloqot qilishda, film ko‘rish va musiqa tinglashda yordam beradi. «Portal»ni ovozli buyruqlar orqali boshqarsa bo‘ladi. Bundan tashqari gadjet «Netflix» va «Spotify» kabi servislar oqimida ham ishlay oladi.

«Facebook» ayni vaqtda «Portal»ni 499 dollardan sotishni rejalashtirmoqda, biroq haqiqiy narx keyinchalik iste’molchilar talabidan kelib chiqadi.

Mark Sukerbergning o‘z xodimlariga aytishicha, kompaniya ushbu qurilma orqali foyda ko‘rishni maqsad qilmagan, balki foydalanuvchilar xatti-harakatini o‘rganish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring