Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi

«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi

Foto: «NV.ua»

«Facebook Open Source» loyihasi «Flick» nomli yangi vaqt o‘lchovi birligini joriy etishini ma’lum qildi. Bir «Flick» 1/705 600 000 soniyaga, ya’ni 1,41723356 nanosoniyaga teng, deb xabar berdi «NV.ua».

«Flick» ixtirochisi Kristofer Xorvatning yozishicha, bu «kadr almashinuvi» (frame-tick) so‘zining qisqartmasi hisoblanadi. Xorvat bunga qadar «Pixar», «Weta Digital» va «Industrial Light & Magic» kabi kompaniyalar bilan ishlaganini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu yangi o‘lchov birligi kinematograflar uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Xorvatning tushuntirishicha, aksariyat filmlar soniyasiga 24 kadr chastotasida suratga olinadi. Ya’ni plyonka bir soniyada harakatsiz 24 ta tasvirni tezkor ketma-ketlikda namoyish etadi. Ixtirochining so‘zlariga qaraganda, bitta kadr vaqtini hisoblash kerak bo‘lib qolsa «matematika juda murakkablashib ketadi». Soniyasiga 24 ta kadr almashganida, har bir kadrning vaqti taxminan 0,04166666667 soniyaga yoki 41666666,669 nanosoniyaga teng. Bu kabi raqamlar video va audiolarni sinxronlashda muammolarni keltirib chiqaradi.

«Flick»dan foydalanilganda vaqtlar oralig‘ini o‘nli kasrlar bilan emas, butun sonlar orqali ifodalash mumkin bo‘ladi. Masalan, 1/24 soniya ushbu holatda 29 400 000 «flik»ka, 1/192 000 esa — 3675 ga teng.

Soniyasiga 60 ta kadr ko‘rsatish standart hisoblanuvchi kompyuter o‘yinlarida esa har bir kadr 11,760 000 «flik» uzunligiga teng bo‘ladi. Bu kabi qiymat ustida bemalol arifmetik amallarni bajarsa bo‘laveradi.

«Facebook» «flik»ni yaratish va undan foydalanish bo‘yicha hujjatning ochiq kodini e’lon qildi. Bu esa istalgan odam uni ko‘chirib olishi va o‘z dasturiy ta’minotidagi hisob-kitoblarga qo‘shib qo‘yishi mumkinligini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring