Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchinchi dunyo uchun «Facebook»ning «yengil» shakli chiqarildi

Uchinchi dunyo uchun «Facebook»ning «yengil» shakli chiqarildi

Foto: «Zakon.kz»

Kam taraqqiy etgan mamlakatlarga mo‘ljallangan «Facebook Lite» eski uyali tarmoq (2G)larda ham ijtimoiy tarmoq saytidan foydalanish imkonini beradi, deb xabar berdi «Zakon.kz».

Shuning barobarida kompaniya «Messenger Lite»ni ham chiqardi. Bu ilova eski va kuchsiz smartfonlarga o‘rnatilsa ham ishlayveradi.

«Facebook Lite» Nepal, Bangladesh va Zimbabveda sinovdan o‘tdi. Bir hafta ichida yuzga yaqin mamlakat uchun «Yengil feysbuk» ochiladi.

Ilovaning og‘irligi atigi chorak megabayt. «Layf»ning yozishicha, undan faqat android-qurilmalarda foydalansa bo‘ladi. Ilovaning soddalashtirilishini kompaniya uchinchi dunyo mamlakatlari global tarmoqqa jadal sur’atlarda ulanayotgani bilan izohladi. Biroq internet tezligining pastligi va kam quvvatli shaxsiy qurilmalar bu jarayonni buzib turibdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring