Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Falastinda Quddusda AQSh elchixonasi ochilishiga qarshi namoyishlar qonli tus olmoqda

Falastinda Quddusda AQSh elchixonasi ochilishiga qarshi namoyishlar qonli tus olmoqda

Foto:«AP»

Bugun, 14-may kuni Quddusda AQSh elchixonasi ochilishi munosabati bilan o‘n minglab falastinliklar G‘azo sektorida namoyishlar o‘tkazmoqda. Bu haqida «RIA Novosti» xabar berdi.

Isroil harbiylarining o‘t ochishi tufayli G‘azoda 41 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Yuzlab kishilar jarohatlangan. Lekin inson huquqlarini himoya qiluvchi biror tashkilot bu haqida lom-mim degani yo‘q.

«AiF» xabariga ko‘ra esa G‘azo sektorida «Qaytish marshi» bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan 10 ming odamdan 20 tasi Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvda jarohatlangan. Elchixona ko‘chirilishi munosabati bilan xavfsizlik eng yuqori saviyaga chiqarildi.

Yevropaning aksariyat davlatlari Trampning bu qaroriga qarshi chiqib, Quddusga vakil jo‘natmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring