Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fan olimpiadalari yangi bosqichda: test sinovlarida shaffoflik ta’minlanmoqda

Fan olimpiadalari yangi bosqichda: test sinovlarida shaffoflik ta’minlanmoqda

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi iqtidorli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni rag‘batlantirish, buning uchun zarur ijodiy muhit yaratish masalasiga doim e’tibor qaratib keladi.

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 13-15-aprel kunlari 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ilk martaba innovatsion olimpiada o‘tkazilgan edi.

Respublika miqyosida barcha hududlar markazida bilimlar bellashuvining yakuniy viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 7-8-sinf o‘quvchilari 17 ta fan bo‘yicha bellashadilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bellashuvning hududiy bosqichlarida 2,5 mln. nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etib, shulardan 5123 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari yakuniy bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga qiritdi.

Tanlovning viloyat bosqichida o‘quvchilarning fanlardan yozma savodxonligi va amaliy ko‘nikmalari o‘rganishga qaratilgan diktant, ijodiy bayon, yozma ish, laboratoriya ishi, og‘zaki savol-javob shartlari o‘tkazilsa, ikkinchi shartda barcha fanlardan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Bu yil ilk bora bilimlar bellashuvining ikkinchi sharti, ya’ni test sinovlari shaffoflikni ta’minlash maqsadida onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda ham bellashuvlarda yuqori natija ko‘rsatgan 500 nafar o‘quvchi Respublika miqyosida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Intellektual-rivojlantirish oromgohi»ga jalb qilinadi. Viloyatlarda ham eng namunali oromgohlarda jami 1400 nafar o‘quvchi uchun shunday oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring