Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Faoliyati tugatilayotgan kollej va litseylarning binolari bo‘sh qolmaydi

Faoliyati tugatilayotgan kollej va litseylarning binolari bo‘sh qolmaydi

Foto: «Darakchi.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Dasturga ko‘ra, joriy yildan boshlab respublikaning turli hududlaridan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida kelgan doktorantlarning vaqtinchalik yashashi uchun Toshkent shahrida «Ilmiy tadqiqotchilar uyi» barpo etilishi mumkin.

Loyihada faoliyati tugatilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining binolari yoki boshqa bo‘sh binolar hisobidan «Ilmiy tadqiqotchilar uyi»ni barpo etish masalasi belgilanadi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring