Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bomba topildi

Farg‘onada bomba topildi

Foto: «postda.uz»

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 16:00larda «Turk» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Abduqodir» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg. bo‘lgan aviatsiya bombasi topildi.  Bu haqda «Postda» nashri xabar bermoqda.

«Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi. Ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring