Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada poyezdning derazasiga tosh otib sindirgan shaxs qidirilmoqda

Farg‘onada poyezdning derazasiga tosh otib sindirgan shaxs qidirilmoqda

Foto: «Newsler.ru»

Shu yilning 11-aprel kuni soat Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi «Qo‘qon-Buvayda» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 59-sonli «Andijon — Toshkent» tezyurar yo‘lovchi poyezdi vagoniga noma’lum shaxs tomonidan tosh otilishi oqibatida vagonning deraza oynasi singan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan. Ayni vaqtda huquqbuzarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring