Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qassobxonadan 100 kg go‘sht o‘marildi

Farg‘onada qassobxonadan 100 kg go‘sht o‘marildi

Foto: Xabar.uz

2023 yilning 25 fevral kunidan 26 fevral kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan qassobxonadan 100 kg mol go‘shtini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.Sh. va T.E.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring