Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik ijodkorlar taqdirlandi

Farg‘onalik ijodkorlar taqdirlandi

Kecha, 9 avgust kuni Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida Farg‘ona viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat teleradiokompaniyasi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 27 yilligiga bag‘ishlangan «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tanlovda «Bosma OAV xodimlarining maqolalari», «Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari», «Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari», «Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari» kabi nominatsiyalar bo‘yicha jami 92 dan ziyod mualliflarning jami 471 ta ijodiy ishlari ko‘rib chiqilib, xolis baholandi. Shuningdek, bu yilgi tanlovda Farg‘ona tajribasi tarzida qo‘shimcha 2 ta nominatsiya ta’sis etildi. Ya’ni, takliflar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, «Internet nashrlari (veb-saytlar)da e’lon qilingan materiallar» yo‘nalishida 2 nafar jurnalistga hamda Vatan haqidagi musiqiy asarlarni rag‘batlantirish maqsadida «Qo‘shiqchi va ijrochilarning kuy-qo‘shiqlari» yo‘nalishida yana 4 nafar san’atkorlarga ham mukofotlar topshirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovining Respublika tashkiliy qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev hamda tashkiliy qo‘mita a’zolari – Respublika «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Q.Mahkamov, shuningdek Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, tanlovning viloyat tashkiliy qo‘mitasi raisi I.Nosirovlar qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring