Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onalik fuqaro avtomashinasidan salkam 6 kg. marixuana topildi

Farg‘onalik fuqaro avtomashinasidan salkam 6 kg. marixuana topildi

Foto: «iiv.uz»

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro avtomashinasidan katta miqdorda giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 16-mart kuni IIBga tushgan ma’lumotga ko‘ra, «Achchiqqo‘l» dahasi 42-uy 7-xonada yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan B.Qobilov boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashina Charxiy ko‘chasida tekshirilganida, haydovchi o‘rindig‘i ostidan polietilen qopga solingan 5 kg. 817 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring