Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fazliddin G‘oibnazarov bo‘ydor bokschiga qarshi jang qiladi. Raqib sizga yaxshi tanish

Fazliddin G‘oibnazarov bo‘ydor bokschiga qarshi jang qiladi. Raqib sizga yaxshi tanish

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. 11-may kuni o‘tadigan boks oqshomida yurtdoshimiz amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yodingizda bo‘lsa, Maykl Foks shu yilning 15-fevral kuni boshqa bir hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini (ochkolar hisobida) qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

E’tiborga molik jihati — Foksning bo‘yi juda baland, 192 sm.ni tashkil etadi. Fazliddinning bo‘yi esa 170 sm.

«Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman», – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring