Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazliddin G‘oyibnazarov dominikanlik bokschini texnik nokautga uchratdi

Fazliddin G‘oyibnazarov dominikanlik bokschini texnik nokautga uchratdi

18-yanvardan 19-yanvarga o‘tar kechasi Nyu-York shtatining Verona shahrida o‘tgan boks jangida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, bokschimiz Fazliddin G‘oyibnazarov dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyani texnik nokautga uchratdi.

Sakkiz raundlik jang to‘rt raund davom etdi. To‘rtinchi raund yakunlangach, Garsiya jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bungacha Fazliddin raqibini uchinchi raundda nokdaun holatiga ham tushirgandi.

Fazliddin G‘oyibnazarov  professional ringda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alabaga erishgan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, bitta bahsda durang qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring