Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiya — havosi eng toza mamlakat

Finlyandiya — havosi eng toza mamlakat

Foto:«Healthy Diet Base»

Xabarning audio talqini

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Finlyandiya jahonda havosi eng toza mamlakat deb topildi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Ekspertlarning fikricha, ushbu mamlakat havosi tarkibida chang miqdori bir kub metrga o‘rtacha olti mikrogrammni tashkil etadi va dunyodagi eng past ko‘rsatkich sanaladi.

Shuningdek, reytingda Estoniya, Shvetsiya, Norvegiya, Islandiya ham yuqori pog‘onadan joy olgan.

Eng yomon ko‘rsatkichni esa Yaqin va Uzoq Sharq, Afrika mamlakatlari qayd etgan. Havosi eng ifloslashgan davlatlar sifatida Uganda, Mo‘g‘uliston, Qatar va Kamerun qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash tashkilotining mazkur tadqiqotlari 2008 — 2016-yillarda 100 ta davlatda o‘tkazilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring