Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Floridada o‘qituvchilarga qurol olib yurishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

Floridada o‘qituvchilarga qurol olib yurishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

Foto: AR

AQShning Florida shtati vakillar palatasi ovoz berish natijalariga ko‘ra qurol olib yurishga doir bir qator cheklovlarni joriy etgan qonun loyihasini qabul qildi. Bu xususda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

O‘qituvchilar va maktabda ishlaydigan boshqa kishilar qurol olib yurishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini Vakillar palatasi 67 ovoz bilan qabul qildi. 50 nafar deputat qarshi ovoz bergan. Bundan tashqari, qurol sotib olishning eng kichik yoshi 21 yosh etib belgilandi. Bungacha 18 yoshga to‘lgan fuqaro qurol sotib olishi mumkin edi. Nihoyat, o‘qotar qurolni sotib olishda 3 kunlik kutish muddati belgilandi. Bu esa xaridorning qurolni g‘azablangan yoki kasal holatida sotib olishiga to‘sqinlik qilish imkonini beradi.

Shtat senati qonun loyihasini avvalroq qabul qilgan edi, shu bois endi u imzolash uchun shtat gubernatori Rik Skottga yuboriladi. Gubernator avvalroq o‘qituvchilarning qurol olib yurishiga qarshi ekanligini aytgan edi. Ammo qonun loyihasiga veto qo‘yishi mumkinligi haqida hech narsa demagan.

Floridadagi maktabda otishma yuz bergach AQShda qurol olib yurishni cheklash masalasi juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring