Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fotogalereya. Turkiya Prezidenti — O‘zbekistonda

Fotogalereya. Turkiya Prezidenti — O‘zbekistonda

2018-yil 29-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Kecha, 30-aprel kuni Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida Turkiya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi va Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zladi.

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mustaqillik maydoniga borib, Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Bugun, 1-may kuni Turkiya Prezidenti Buxoro viloyatiga borishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring