Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Bashar Asadga bergan ordenini qaytarib olmoqchi

Fransiya Bashar Asadga bergan ordenini qaytarib olmoqchi

Foto:«Al Jazeera»

Yelisey saroyi otasi Hafiz Asaddan keyin 2000-yili hukumat tepasiga kelgan Bashar Asadga Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Jak Shirak tomonidan berilgan yuksak mukofotni tez orada qaytarib oladi.Bu haqda «Sabah» habar qilmoqda.

Fransiya ilgari jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan amerikalik prodyuser Harvey Uinsteyn hamda velopoygachi Lens Armstrongdan ham mukofotlarni qaytarib olgan edi.

Napoleon Bonapart tomonidan 1802-yili ta’sis etilgan «Légion d’Honneur» ordeni Fransiyadagi eng yuksak mukofotlardan hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring