Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada mahbus qamoqdagi sharoit yomonlashganidan arz qildi

Fransiyada mahbus qamoqdagi sharoit yomonlashganidan arz qildi

Foto: «Pulitzercenter.org»

Fransiyadagi jazoni o‘tash muassasalaridan birida mahbus ushbu tashkilot nazoratchilari ish tashlashi tufayli qamoqxonada sharoit yomonlashganidan arz qildi, deya xabar bermoqda mahbuslarning huquqlarini himoya qiluvchi «Observatoireinternationaldes prisons» (OIP) nodavlat tashkiloti.

OIP ma’lumotiga ko‘ra, ismi ma’lum qilinmagan mahbus Mulen-Izer qamoqxonasi nazoratchilari ish tashlagach, to‘qqiz kun davomida yuvinmagani, sayrga ham chiqa olmagani, bor-yo‘g‘i to‘qqiz kvadrat metrdan iborat kamerada qolib ketganidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, unga tamakidan boshqa hech qanday buyurtma keltirib berishmagan. Hatto kameralardagi chiqindilar ham olib chiqilmagan.
Tez orada ushbu ishni Klermon-Ferran shahri ma’muriy sudi ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Mana ikki haftadirki, Fransiyada qamoqxona xodimlari xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qilgan holda umummilliy norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

11-yanvarda Vanden-le-Vey kommunasida uch nafar qamoqxona xodimi 2002 yilda Tunisdagi sinagogga hujum uyushtirishda qatnashishda ayblanib qamalgan mahbus hujumiga uchrab jarohat olishgani mazkur namoyishlarga turtki bo‘ldi. Shuningdek, ishchilar maoshlarini ko‘paytirishni ham talab qilishmoqda. Noroziliklar fonida Fransiyaning yana bir qancha hududlarida mahbuslarning nazoratchilarga hujumlari ro‘y bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring