Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqaro murojaatiga bepisand qaragan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

Fuqaro murojaatiga bepisand qaragan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

Foto: «Sputnik»

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunni buzgan tashkilotlardagi mas’ul shaxslari aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlik, idora hamda mahalliy hokimiyat organlaridan olingan ma’lumotlarda qayd etilishicha, o‘tgan yili jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun buzilishi holatlariga sababchi bo‘lgan 3366 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar qo‘llangan.

Jumladan, rahbar va mas’ul xodimlardan 290 nafari egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan, 2897 nafariga intizomiy, 164 nafariga ma’muriy jazo qo‘llangan, 15 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, hisobot davrida Vazirlar Mahkamasi Apparati, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan jami 806,5 mingta yozma, og‘zaki va elektron murojaatlar tushgan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan 61 foizga ko‘paygan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga aholidan 971,8 mingta murojaat kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring