Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchi avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va jarohatladi

Futbolchi avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va jarohatladi

Foto: «Wales News Service»

Janubiy Uels havaskorlar chempionatida ishtirok etadigan «Margem» futbol klubi o‘yinchisi Li Teylor o‘ziga tegishli BMW avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va ulardan bir qanchasini jarohatladi.

Wales Online tomonidan xabar qilinishicha, «Margem» klubi «Kornelli»ga qarshi kechgan o‘yinda 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. O‘yindan so‘ng Li Teylor stadion avtoturargohida raqib jamoa muxlislariga duch keladi. Ular turli qichqiriqlar bilan 35 yoshli futbolchining asabiga tegishgan. Muxlislar asosan voyaga yetmagan o‘smir shaxslardan iborat bo‘lgani aytilmoqda.

Li Teylor bu qichqiriqlarni javobsiz qoldirmagan va avtomobilini to‘g‘ri muxlislar ustiga haydagan. Natijada o‘smirlardan 11 nafari jarohatlanadi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Teylor esa endi sud oldida javob beradi. Biroq futbolchi ataylab zarar yetkazish maqsadida hujum qilganini tan olmayapti. Uning aytishicha, avtomobilidan «o‘zini himoya qilish quroli» sifatida foydalangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring