Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada portlash sodir bo‘ldi

Germaniyada portlash sodir bo‘ldi

Foto:«Sabah.com»

Germaniyaning Bremen shahridagi bir uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Bremen politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Bremen shahriga qarashli Hachting tumanidagi bir uyda bugun ertalab sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida 41 yoshli ayol va 7 yoshli bola hamda qo‘shni uydagi 70 yoshli kampir halok bo‘lgan. Portlashdan qo‘rqqan kampirning yuragi yorilib ketgan.

Uyning tomida sodir bo‘lgan portlashning sababi hanuz noma’lum.

Mahalliy matbuotning yozishicha, portlash oqibatida atrofdagi uylarga zarar yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring