Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Glazgodagi maktabda katta yong‘in sodir bo‘ldi

Glazgodagi maktabda katta yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Shotlandiyaning Glazgo shahridagi san’at maktabida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Tilsiz yovni yengish uchun 120 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo‘q. Maktab atrofida yashovchi aholi, xavfsizlik nuqtai nazaridan, boshqa joylarga ko‘chirildi.

Olov qo‘shni binoga ham o‘tgan. O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda.

Olov «Mackintosh building» o‘quv binosi va boshqa binolarni o‘z doimga olgan.

Shotlandiya o‘t o‘chiruvchilar xizmati boshlig‘i Yen Bushelning ma’lum qilishicha, olovni o‘chirish uchun juda ko‘p vaqt kerak ekan.

Maktab atrofida yashovchi aholiga uylaridan chiqmaslik hamda derazalarni ochmaslik tavsiya qilinayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring