Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM» avtonom boshqariladigan avtomobillar zavodiga 100 million dollar sarmoya kiritadi

«GM» avtonom boshqariladigan avtomobillar zavodiga 100 million dollar sarmoya kiritadi

Foto: «ITC.ua»

«Genral Motors» kompaniyasi Michigandagi ikkita zavodda avtonom holda boshqariluvchi «Chevy Bolts» elektromobilini ommaviy ishlab chiqarishga 100 million dollar sarmoya kiritadi, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Cruise AV» nomini olgan avtomobillar kompaniyaning dastlab tepkilarsiz, rul va boshqa qo‘lda boshqariluvchi qurilmalarisiz boshqarish uchun ishlab chiqarilgan ilk modellar qatoriga aylanadi.

Mustaqil boshqariladigan avtomobil uchun sensor qurilmalari Braunstaundagi zavodda ishlab chiqariladi, «Cruise AV»ning o‘zi esa Orion shahridagi zavodda yig‘iladi. Ushbu ikkita zavodni modernizatsiya qilishga 100 million sarflanib, «Cruise AV»ning to‘rtinchi avlodi 2019-yildan ishlab chiqarila boshlanadi.

Shuningdek, «Genral Motors» kompaniyasi yirik shaharlarda avtonom boshqariladigan taksilar servisini ham ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Rejaga ko‘ra, u ham 2019-yildan boshlab amalga oshadi. San-Fransiskoda sinovdan o‘tkazilayotgan avtomobillar hamon yo‘l-transport hodisalarini sodir etmoqda. Shunga qaramay kompaniya avtonom boshqariladigan avtomobillar uchun dasturiy ta’minot yaratishni davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring