Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan»dan yangilik, Prezidentdan 8-mart sovg‘asi, qarzdor «megayulduzlar», yangi bayram, qiynoqqa solingan jurnalist, yo‘qolayotgan bolalar va boshqa xabarlar

«GM Uzbekistan»dan yangilik, Prezidentdan 8-mart sovg‘asi, qarzdor «megayulduzlar», yangi bayram, qiynoqqa solingan jurnalist, yo‘qolayotgan bolalar va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 7-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xmeymim aerodromida An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Prezident qarori bilan bu yilgi «Zulfiya»chilar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev ayollarni bayram bilan tabrikladi

Mamlakatning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Jamiyat

O‘zbekistonda yana bitta bayram kuni joriy etiladi

Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Alisher Qodirov otasi hibsga olinishidan 10 kuncha muqaddam mamlakatdan qochib ketgan. Sobiq Bosh prokurorning boshqa oila a’zolari tergovga jalb etilgan yoki etilmagani haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

AKTni rivojlantirish jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi

Aziz Shuxratovich Yusupov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori etib tayinlandi.

IIV: 2017-yilda 61 holatda er xotinini o‘ldirgan, 10 tasida xotin erini

O‘tgan 2017-yilda O‘zbekistonda qotillik 147 taga, ya’ni 22 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish 108 taga, bosqinchilik 106, talonchilik jinoyatlari esa 221 taga kamaygan.

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Sud yig‘ilishida sudlanuvchilarning advokatlari, oila a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bobomurod Abdullayev o‘zini qiynoqqa solgan MXX xodimlariga qarshi jinoiy ish ochishni so‘ragan

Bobomurod Abdullayevning asosan chap qo‘lida gematoma va shilinish ko‘rinishidagi qiynoq asoratlari saqlanib qolgan.

Prezident farmoniga ko‘ra 38 nafar ayol orden va medallar bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 7-martdagi «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra bir guruh xotin-qizlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

«GM Uzbekistan» nogironlar uchun avtomobillarni qayta jihozlaydi

To‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan ob’yektlari atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik to‘xtab turish joylari tashkil etiladi va to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalardan haq olinmaydi.

Hodisa

Navoiyda ovqatdan ommaviy zaharlanish kuzatildi

Karmana tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limidagi bemorlardan 10 nafari uylariga javob berildi. Shifoxonada 17 nafar bemor davolanmoqda.

Toshkentda bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi (foto)

Shundan so‘ng, jabrlanuvchining avtomashinasidan foydalangan holda bir necha kilometr masofa bosib o‘tib, uni turar-joy uylari yonida qoldirganlar va egallab olingan mol-mulklar bilan jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar.

Sergelidan mashina o‘g‘irlab, keyin yoqib yuborishdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5 mart kuni noma’lum shaxs qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.R.ga tegishli «VAZ-2105» rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda odamlarning o‘limiga olib kelgan avtohalokatlar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avto

Dunyodagi eng tezkor avtomobil yaratildi

Xorvatiyaning «Rimac Automobili» kompaniyasi Jenevada bo‘lib o‘tayotgan avtoshouda o‘zining quvvati 1914 ot kuchiga teng superkarini namoyish etdi.

«Audi» uchar avtomobil modulini taqdim etdi (foto)

«Audi» kompaniyasi «Airbus» hamda «Italdesting» bilan hamkorlikda kelajak transport vositasi — «Pop.Up Next» gibrid avtomobilini yaratdi.

Madaniyat

Sherali Jo‘rayevdan Yulduz Usmonovagacha! Soliqdan qarzdorlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga soliqdan qarzi bor san’atkorlar ro‘yxatini yubordi. Mazkur ro‘yxat butun respublika bo‘yicha tuzib chiqilgan bo‘lib, unga 2018-yil fevral holatiga ko‘ra qarzdorligi bo‘lgan 2000 nafardan ortiq san’atkor kiritilgan.

Texnologiya

«Xiaomi» barmoq izi skaneriga ega kompyuter sichqonchasini 30 dollardan sotadi

Kompyuterni blokdan chiqarish, saytga kirish hamda xaridlarni amalga oshirish — endilikda bularning barchasini barmoqning birgina harakati orqali amalga oshirish mumkin.

30 soniyada quvvatlanadigan yangi turdagi akkumulyator yaratildi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ixtiro hozirda mavjud qurilmalardan 100 barobarga ustun.

Maskning raqobatchisi. Xitoy kosmik internet uchun o‘nlab sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Xitoyning «CASIC» kompaniyasi butun dunyo foydalanuvchilariga internetga kirishni ta’minlaydigan «Hongyun» loyihasi ustida ish olib bormoqda.

Sport

«Real» Parijda «PSJ»ni «tiz cho‘ktirdi»

Uchrashuvning 51-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jamoasining chap qanotdan boshlangan hujumini boshi bilan yakunlab, hisobni ochdi.

Kutilmagan qaror! Riyod Mahrez faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Yozgi transfer vaqtida 27 yoshli futbolchini «Roma», «Chelsi» va «Barselona» sotib olmoqchi edi, yanvarda esa «Manchester Siti» jamoasi safiga o‘tishga juda yaqin edi, biroq tomonlar kelisha olmagandi.

Mahrezning sahifasi xakerlar hujumiga uchraganmidi?

Lekin mashhur jurnalist Lyuk Tanzi xabariga ko‘ra, Mahrezning «Facebook»dagi sahifasi xakerlar tomonidan hujumga uchragan va buzib kirilgan, qoldirilgan so‘nggi postdagi barcha so‘zlar yolg‘on hisoblanadi.

Dunyo

Kuchli shamol Xitoydagi aeroport shiftini qo‘porib tashladi (video)

OAV ma’lumotlariga ko‘ra shamol tezligi sekundiga 30 metrga yetgan. Bu kuchli dovul hisoblanadi (bo‘ronning eng quyi tezligi sekundiga 32 metr).

Dubayda suzib yuruvchi do‘konlar tarmog‘i ishga tushadi

Loyiha 17 ta qayiq-do‘konni qamrab oladi, ular an’naviy arab qayig‘i — abrani eslatadigan shaklda bo‘ladi. Mazkur loyiha qachon amalga oshishi ma’lum emas, ammo suratlari allaqachon internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan.

Kim Chen In haqida ajabtovur faktlar

Shimoliy Koreya rahbarining shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsalar ma’lum emas. Bu haqida deyarli gapirilmaydi. Ammo shunday mulohazalar borki, ular «yopiq mamlakat» rahbariga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.

Suriyada Rossiya samolyoti halokatga uchradi

Samolyot Halabdan Xmeymim tomon uchgan. Voqea Moskva vaqti bilan soat 15:00 da sodir bo‘lib, An-26 rusumidagi Rossiya samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga taxminan 500 metr qolganda yerga urilgan.

Tavsiya qilamiz

SOS: Bolalar qayerga yo‘qolmoqda?! (video)

Ota-ona uchun farzandidan ajralish eng og‘ir azob bo‘lsa, jigargo‘shasining bedarak yo‘qolishi aqldan ozdirgudek mavhumlik, dahshatli arosat ekanligi hammaga ayon. Ammo, ming afsuski, bolalar turli sabablarga ko‘ra baribir yo‘qolib turadi, aksariyati keyinchalik topilsa-da, ayrimlari mutlaq bedarak ketadi...

Ilk taassurot aeroportdan boshlanadi...

Toshkent xalqaro aeroporti va uning xodimlari haqida ko‘p gapirildi, bahslar hali ham davom etmoqda. Men ham bu borada o‘z fikrlarimni, ko‘rganlarimni bayon qilmoqchiman. Xizmat yuzasidan yilda ikki-uch marta xizmat safariga borib turaman. Tabiiyki, o‘z aeroportimiz va boshqa xalqaro aeroportlardagi sharoitlar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni solishtirib ko‘rganman.

Bokschi xotin

– Men aytuvdimmi senga, boshqa kuni o‘tkazgin, deb? Bayram kuni har kim o‘zining uyida o‘tirsin, devdimmi? Ko‘nmading! Senlar hammang xotiningdan qo‘rqasan, deding! Xotin-qizlar bayrami – aslida erkaklar bayrami, deding!

Alixonto‘ra Sog‘uniy qay tarzda o‘g‘irlab ketilgan edi?

Sovet Ittifoqining shunday biqinida vujudga kelgan, ko‘pgina mamlakatlar tan olishi muqarrar bo‘lib qolgan Sharqiy Turkiston atalmish musulmon davlati qonxo‘r Stalinni dahshatga solgan edi. Shu sababdan Stalinning fosiqlarcha tuzgan rejasi va bolshevistik ruhda amalga oshirilgan siyosiy nayrang oqibatida Alixonto‘ra 1946 yil 28 iyunda G‘ulja shahridan o‘g‘rincha Toshkentga keltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring