Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» «Captiva» o‘rniga ikkita yangi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)

«GM Uzbekistan» «Captiva» o‘rniga ikkita yangi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)

«Chevrolet Trailblazer» yo‘ltanlamasi

Foto: «Dahl Used Car & Express Service Center»

«GM Uzbekistan» bu yil «Chevrolet Equinox» krossoverini va «Chevrolet Trailblazer» yo‘ltanlamas mashinani ishlab chiqaradi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar berdi.

«Barchaga yoqadigan «Chevrolet Captiva» krossoveri o‘rniga 2019-yilda ikkita yangi avtomobil — «Chevrolet Equinox» krossoveri hamda «Chevrolet Trailblazer» yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Avtomobillar GM Uzbekistan zavodi negizida ishlab chiqariladi», – deydi «O‘zavtosanoat» vakili. 

«Chevrolet Equinox» krossoveri. Foto: «cars.com»

«Yaqin yilllarda yangi global platforma yaratamiz. Shuningdek, shu yildan boshlab biz SUV segmentida, ya’ni yo‘ltanlamas, yirik uzelli ikki avtomobilni yig‘ishni boshlaymiz. «Captiva» ishlab chiqarishni o‘tgan yil to‘xtatganmiz. Uning o‘rniga shu yilning uchinchi choragida ushbu segmentda ikki yangi avtomobil namoyish qilinadi», – deydi «O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring