Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» ochiq savdodagi birinchi kundayoq 40 ta avtomobil sotdi

«GM Uzbekistan» ochiq savdodagi birinchi kundayoq 40 ta avtomobil sotdi

Foto: «GM Uzbekistan»

2-sentabr kuni «GM Uzbekistan» uzoq kutilgan «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari» yangi aksiyasini yo‘lga qo‘ygan edi.

«GM Uzbekistan» axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Sergeli avtomobil bozoridagi avtosalonning ilk ish kunida jami 3 mlrd. 850 mln. so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Odamlarning ijobiy fikrlarini inobatga olib, kompaniya ochiq osmon ostidagi avtosalonlarni doimiy ravishda butun respublika bo‘ylab tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilishdi.

Ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 dona «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillari qo‘yilgan. Xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar soni oshirilishi hamda boshqa rusumdagi va turli komplektatsiya va rangdagi avtomobillar qo‘shilishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring