Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ofur Rahimovning o‘rniga nomzod topildi

G‘ofur Rahimovning o‘rniga nomzod topildi

G‘ofur Rahimov.

Foto: «news.ru»

Afrika boks konfederatsiyasi (AFBC) rahbari Muhammad Mustahsan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning vaqtincha prezidenti vazifasini bajaruvchi deb tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, qecha tashkilotning amaldagi prezidenti – o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo bergandi.

Muhammad Mustahsan.

«Inside the Games» xabariga ko‘ra, Mustahsan tashkilot ijroqo‘mi tomonidan telekonferensiya formatida saylangan.

G‘ofur Rahimov o‘tgan yilning 3-noyabrida Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressida 2022-yilgacha AIBA prezidenti etib saylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring