Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» 4,3 milliard yevro miqdorida jarimaga tortildi

«Google» 4,3 milliard yevro miqdorida jarimaga tortildi

Foto: «VistaNews.ru»

Yevropa Ittifoqi komissiyasi «Google» mobil aloqa vositalarining android tizimida monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya qilmagani uchun 4,3 milliard yevro jarimaga tortdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Endilikda «Google» 90 kun mobaynida ish uslubini o‘zgartirishi kerak.

Ayblovga ko‘ra, kompaniya barcha android tizimli smartfon ishlab chiqaruvchilari «Google» xizmatlari va ilovalarini oldindan o‘rnatishlari uchun qonunga hilof yo‘llardan foydalangan.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi AQSh kompaniyasi bo‘lgan «Google»ni jarimaga tortishni joriy oy boshida e’lon qilishi kutilayotgan edi. Lekin Amerika prezidenti Donald Trampning Yevropaga tashrifi tufayli bu holat kechiktirildi.

O‘tgan yili ham «Google» YeI komissiyasi tomonidan 2,4 milliard yevrolik jarimaga tortilgan edi.

Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning haqqoniy ishlayotganini nazorat qilish YeI komissiya zimmasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring