Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» «Yevrovideniya-2019»da kim g‘olib chiqishini bashorat qildi

«Google» «Yevrovideniya-2019»da kim g‘olib chiqishini bashorat qildi

Foto: «Eurovisionworld.com»

«Google» kompaniyasi turli mamlakatlardagi foydalanuvchilarning so‘rovlari tahlili asosida «Yevrovideniya-2019» tanlovining eng taniqli ishtirokchilarini aniqladi.

Tadqiqotga ko‘ra, Fransiya vakili Bilol Assani bu galgi qo‘shiqlar tanlovining g‘olibi bo‘ladi, Islandiyaning «Hatari» guruhi esa ikkinchi o‘rinni egallaydi.

«Agarda mamlakatlarga ballar ularning qatnashchilarini boshqa mamlakatlarda yashovchilar qanchalik faol qidirayotganiga qarab berilsa, Rossiya uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi», — kompaniyaning press-reliziga asoslangan TASS shunday xabar bermoqda.

Shuningdek, «Google» talqiniga ko‘ra, kuchli beshlikka Niderlandiya va Belarus vakillari ham kirishi kutilyapti. Keyingi o‘rinlarni esa Kipr, Shveysariya, Italiya, San-Marino va Serbiya egallashi mumkin.

Ta’kidlash o‘rinliki, so‘rovlarni hisoblash tizimi 2017-yili «Yevrovideniya» g‘olibi kim bo‘lishini oldindan to‘g‘ri aniqlay olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring