Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» joylashgan shahar hokimligi kompaniyadan ishchi solig‘i talab qildi

«Google» joylashgan shahar hokimligi kompaniyadan ishchi solig‘i talab qildi

Foto: «Anado‘lu»

AQShning Mauntin-Vyu shahri hokimligi shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxonalardan har bir xodim uchun 9 dollardan 149 dollargacha ishchi solig‘i undirish bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Google» kompaniyasining bosh ofisi joylashgan Mauntin-Vyu shahri hokimligi hududda ishlab chiqarish korxonalari tug‘dirayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadada ishchi solig‘i undirmoqchi.

«San Jose Mercury News» gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mauntin-Vyu shahri kengashi shaharda faoliyat yuritayotgan korxonalardan har bir xodim uchun 9 dollardan 149 dollargacha ishchi solig‘i undirish maqsadida shu yil oktyabr oyi oxirida referendum o‘tkazmoqchi.

Bu taklif referendumda ma’qullansa, har yili shaharga 6 million dollar foyda kelib tushadi. Buning 3,3 millioni faqat «Google»ning o‘zidan undiriladi.

Bu daromadning asosiy qismi shahar transport qatnovini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga, 10 foizi arzon uylar qurishga sarflanadi.

Avvalroq «Amazon» kompaniyasi markaziy ofisi joylashgan Sietl shahri hokimligi shahardagi yirik kompaniyalardan ishchi solig‘i undirish taklifi bilan chiqan, biroq «Amazon»ning jiddiy e’tirozlari sababli taklif rad etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring