Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google»ning «aqlli» kurtkasi yordamida endi taksi chaqirish ham mumkin

«Google»ning «aqlli» kurtkasi yordamida endi taksi chaqirish ham mumkin

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

2017-yilning kuzida «Google» va «Levi’s»ning smartfonlarni boshqarishga qodir «Jacquard» nomli «aqlli» kurtkasi sotuvga chiqarilgan edi. Gadjet smartfondagi musiqani boshqarish, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga qodir. Endi esa «Google» o‘zining «aqlli» kiyimiga yanada ko‘proq funksiyalarni joylashtirdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Yangi funksiya taksi chaqirish va foydalanuvchi turgan joy manzilini saqlab qolish imkoniyatiga ega.

Funksiya yangilangan «Jacquard platform 1.2»da paydo bo‘lgan. U 15 maydan boshlab hafta oxiriga qadar taqdim etiladi. Yanada qulaylashtirilgan kurtka hamon asosan velosipedchilarga mo‘ljallanganligicha qolmoqda.

Endilikda kurtga egalari «Uber»ga ulana olishlari va harakatlanish borasidagi xabarlarni mobil dastur orqali o‘qishlari mumkin. Kurtka mashina uch daqiqalik masofa uzoqligiga kelib qolganini va qancha vaqtda yetib kelishi borasida ogohlantirib turadi.

«Bose Aware» nomini olgan rejim atrofdagi ovozlarni to‘plab foydalanuvchining qulog‘iga naushniklar orqali uzatadi. Funksiya musiqa tinlashga, transport vositalari va odamlarning yaqinlashishini eshitishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring