Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziya parlamenti raisi Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni rivojlantirishda yangi sahifa ochganini qayd etdi

Gruziya parlamenti raisi Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni rivojlantirishda yangi sahifa ochganini qayd etdi

Irakliy Kobaxidze

Foto: «Sputnik Gruziya»

21*yanvar kuni Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Gruziya parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘z tashrifini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasidan boshladi.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va transport-logistika, tranzit yo‘laklarini shakllantirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Delegatsiya vakillariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning izchillik bilan olib borilayotgani yirik infratuzilma obektlari va korxonalar barpo etish jarayoniga chet el investitsiyalarini maqsadli yo‘naltirish imkonini berayotgani ta’kidlandi. Investitsiya dasturlarini iqtisodiy, moliyaviy va texnologik asoslangan holda ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

«Jahon» AA xabarida yozilishicha, I.Kobaxidze O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatni rivojlantirishda yangi sahifa ochilganini alohida qayd egan. U Gruziyaning rivojlanayotgan iqtisodiyoti, xususan, turizm, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatidagi ijobiy tendensiyalar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga imkon berishini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hamda Gruziya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash imkonini beradigan biznes-forum va ishbilarmon doiralar maslahatlashuvlarini tashkil etish taklif qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring