Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada to‘ydan keyin 100 kishi zaharlandi

Gruziyada to‘ydan keyin 100 kishi zaharlandi

Foto: «Reuters»

Gruziyaning Batumi shahrida to‘y bazmidan keyin 100 kishi ovqatdan zaharlanishda gumon qilinib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.

Xabar berishlaricha, to‘yga jami 400 kishi taklif etilgan. Ammo tadbir o‘tgan restoran ma’muriyati zaharlanishga aloqadorligini inkor etmoqda.

Ajariyadagi sog‘liqni saqlash bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy zaharlanish sababi bir necha kundan so‘ng, ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ma’lum bo‘ladi.

Mazkur voqeada jabrlanganlardan birining aytishicha, restoranda havo issiq bo‘lishiga qaramasdan ancha avval dasturxon tuzash boshlangan, bundan tashqari ovqat va ichimliklarni saqlash borasida ham e’tibor sustligi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring