Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyada YTH oqibatida butun boshli oila — olti kishi nobud bo‘ldi

Gruziyada YTH oqibatida butun boshli oila — olti kishi nobud bo‘ldi

Foto: «Sputnik»

Gruziyaning g‘arbida jumadan shanbaga o‘tar kechasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Rossiya fuqarolari — bitta oila a’zolari edi. Bu haqda gruzin ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobil treyler (kemper, avtouy) bilan to‘qnashgan. Yengil mashina haydovchisi tirik qolgan, besh nafar yo‘lovchi (ulardan ikki nafari bola) hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan, bittasining esa shifoxonada joni uzildi. 

Gruziya IIVning dastlabki taxminiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidasini treyler haydovchisi buzgan. U qarama-qarshi yo‘nalishdan katta tezlikda yengil avtomobilga kelib urilgan. Ayni paytda u hibsda saqlanmoqda.

Treyler haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u olti yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring