Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedovning gonorari va qancha jarima to‘lashi hal bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning gonorari va qancha jarima to‘lashi hal bo‘ldi

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng oktagon tashqarisiga chiqib ketib, janjal chiqargani uchun 250 ming AQSh dollari atrofida jarimaga tortilishi mumkin. UFC chempionining mukofot puli esa ushlab qolinmaydi.

Bu haqda «TMZ» nashriga asoslanib «Life» xabar tarqatdi.

Dana Uaytning qo‘shimcha qilishicha, garchi Habib Nurmagomedov chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolsa-da, diskvalifikatsiyadan qochib qutula olmaydi. Dog‘istonlik sportchi 4 — 6 oyga chetlatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring