Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada portlagan gaz oqibatida halok bo‘lgan samarqandlikning jasadi qarindoshlariga yetkazildi

Rossiyada portlagan gaz oqibatida halok bo‘lgan samarqandlikning jasadi qarindoshlariga yetkazildi

Foto: FVV

Joriy yilning 9-fevral kuni soat 6:55da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazidan Moskva viloyati Stupino shaharchasi Torbeyevo qishlog‘idagi qushxonasida go‘shtni qayta ishlash jarayonida gaz ballonining portlashi natijasida O‘zbekistonning Rossiyada ishlayotgan 5 nafar fuqarosi kuyish bilan bog‘liq tan jarohati olgan. Keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etgani haqida xabar kelib tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tezkor navbatchisi zudlik bilan tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklariga hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillariga yetkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ishchi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi Stupino shahar shifoxonasidan Moskva shahridagi A.V.Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va N.V.Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirildi.

Kecha, 14-fevral kuni ertalab qurbon A.Qarshiyevning jasadi Moskva shahridan «O‘zbekiston havo yo‘llari» orqali Toshkent shahriga keltirildi. Ayni paytda A.Qarshiyevning jasadi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring