Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ham tunadi, ham tunab ketdi

Ham tunadi, ham tunab ketdi

Foto: «Hurriyet»

Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Sankt-Peterburg shahriga kelgan sibirlik Dmitriy ismli yigit puli yo‘qligi tufayli mehmonxonada emas, balki ayni paytda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan imperator saroyiga yashirinib kirib, o‘sha yerda tunab qoldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Dimitriy ertasi kuni ertalab saroydan 4 million rubl qiymatga ega haykalchani olib chiqib ketdi.

Bu voqea juma-shanba kunlari sodir bo‘ldi.

Shanba kuni «Pavlov» saroy-muzeyiga kelgan mas’ullar Aleksandr III va uning turmush o‘rtog‘i Mariyaning yotog‘i to‘zib yotganiga guvoh bo‘lishdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari haqiqatan bu yerga kimdir kirganini, kolbasa va sosiska yeganini aniqlashdi.

Saroy atrofidagi kuzatuv kameralari qayd-tasviri ko‘rib chiqilganida, Rossiya fuqarosi bo‘lgan Dmitriy ismli yigit muzeyning birinchi qavatidagi deraza oynalarini sindirib, ichkariga kirgani aniqlandi.

Muzeyning signalizatsiya tizimi jaranglagan bo‘lsa-da, biroq bunga qorovullar biror nosozlik tufayli shunday bo‘lgandir deya e’tibor qaratishmagan.

Juma kuni soat 23:00 da saroyga kirib, ertasi kuni soat 7:00 bu yerdan haykalchani olib chiqib ketgan Dmitriy bir kecha shohona hayot kechirdi.

Shanba kuni Dmitriy qo‘lidagi haykalcha bilan Sankt-Peterburg ko‘chalarida kezayotganida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Dmitriyga qanday jazo tayinlanishi hozircha noma’lum.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring