Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har bir loyiha uchun 20 million so‘m. Milliy tanlov e’lon qilindi

Har bir loyiha uchun 20 million so‘m. Milliy tanlov e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

«Tapaqqiyot strategiyasi» markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMTning Tapaqqiyot dasturi, Toshkent shahridagi Xalqapo Vestminster universiteti tomonidan Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda BMTning Bapqapop rivojlanish dasturida belgilangan asosiy vazifalarning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi innovatsion yechimga ega tadqiqot loyihalarini qo‘llab-qyvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Taqdim etilgan ishlar jamiyatdagi mavjud muammoni innovatsion uslublardan foydalangan holda hal etishning amaliy yechimini taklif etishi lozim. Saralash jarayonida tanlov ekspertlar kengashi qo‘yilayotgan masalaning dolzarbligi, aniqligi, zamonaviy ilmiy metodologiyadan foydalanganligi, tadqiqotchining tajribasi kabi mezonlar asosida baholaydi.

Tanlov g‘oliblariga o‘z loyihalarini hayotga tadbiq etishlari uchun 20 million so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi. Shuningdek, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va BMTning bosma va elektron manbalarida ilmiy maqolalar chop etish, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ilmiy anjumanda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritadilar.

Arizalar tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar gypyhlapi (3 nafargacha) tomonidan 2018-yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadap research.strategy.uz veb-sayti opqali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn qabul qilinadi:

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
  • Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqup o‘ylangan, o‘zapo manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

Tanlovda ishtirok etishi uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring