Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiy okrestrlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi

Harbiy okrestrlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari o‘rtasida jangovar ruhni ko‘taradigan, davralarga xush kayfiyat ulashadigan, hech qachon eskirmaydigan va ko‘ngilga tegmaydigan, har doim ezgulikni, poklikni, vatanparvarlikni madh etuvchi «Musiqa jangovar safda» nomli harbiy qo‘shiqlarning navbatdagi, an’anaviy ko‘rik-tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ko‘rik-tanlov bugun, soat 17.00da Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Lisunova massividagi sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi ochiq maydonda boshlanadi.

Unda Mudofaa vazirligining 12 ta harbiy orkestr jamoasi ijodiy bellashuvda g‘oliblik uchun bahslashadi.

Qo‘rik-tanlovda, shuningdek, Qurolli kuchlar kuch tuzilmalarining orkestr jamoalari ijod namunalari bilan tanlovdan tashqari ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring