Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hind startapi 10 ming dollarlik elektromototsikl yaratdi

Hind startapi 10 ming dollarlik elektromototsikl yaratdi

«Emflux One» elektromototsikli.

Foto: «Hi-News»

Hindistonning «Emflux» kompaniyasi bir marta quvvatlanish orqali 200 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir sport elektromototsiklini yaratish ustida ish olib bordi va buning uddasidan chiqdi. Mototsiklning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — kompaniya muhandislari tomonidan yaratilgan noyob komponentlardir, deb xabar berdi «Hi-News».

80 ot kuchiga ega «Emflux One» elektrodvigateli 9,7 kilovatt/soat sig‘imli litiy-ionli batareyadan quvvat oladi. Bu esa mototsiklning soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanishiga ko‘mak beradi. Yuz kilometr tezlikka chiqish uchun uch soniya kifoya qiladi. Mazkur mototsiklning narxi salkam 10 ming dollarga teng — bu elektrodvigatelda harakatlanuvchi mototsikl uchun yaxshi narx. Odatda bu turdagi mototsikllarning bahosi ancha qimmat turadi, ixtirochilar aynan shu bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilmoqchi.

«Emflux One»ga eng zamonaviy navigatsiya tizimi o‘rnatiladi va u barcha turdagi aloqa standartlari bilan ishlay oladi, shuningdek, uning amaliy tizimi qo‘shimcha funksiyalar bilan yangilanib turadi.

Mototsiklning narxidan tashqari uning tashqi ko‘rinishi ham xaridorlarni o‘ziga «tortadi». Uni davomiy ishlab chiqarishga hali ancha bor. Ixtirochilar batafsil ma’lumotlarni keyinroq ma’lum qilishga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring