Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oilaning 11 nafar a’zosi o‘lik holda topildi

Bir oilaning 11 nafar a’zosi o‘lik holda topildi

Foto: «RIA Novosti»

«1 iyul kuni Hindiston politsiyasi poytaxt Dehli shahridagi xonadonlardan birida bir oilaning 11 nafar a’zosining jasadini topdi», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

Politsiyadagi manbaning xabar berishicha, uy do‘kon va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex egasiga tegishli bo‘lgan. Mahaliy vaqt bilan soat 8:00 da uning qo‘shnisi ochiq turgan eshik orqali uyga kirgan va oilaning barcha a’zolari, jumladan biznesmenning ham jasadini ko‘rib qolgan. U darhol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan va jasadlar shifoxonaga olib ketilgan.

«Qo‘shnisi bizga ularning uyining eshigi doim yopiq turganini, faqat bugun shunday ochiq qolganini aytib berdi. Biz bu ish o‘z joniga suiqasdmi yoki buning ortida jinoyat turibdimi, aniqlashga harakat qilyapmiz», — deya bayonot bergan politsiya vakili.

Manbaning xabar berishicha, vafot etganlarning 4 nafari erkaklar, 3 nafari ayollar va 4 nafari qizlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring