Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda bo‘ron sababli yuzga yaqin kishi halok bo‘ldi

Hindistonda bo‘ron sababli yuzga yaqin kishi halok bo‘ldi

Foto:«AP»

Hindistonning shimoliy tumanlarida 2-may kuni kechqurun turgan bo‘ron oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uttar-Pradesh shtatida eng ko‘p — 64 kishi qurbon bo‘lgan. Qo‘shni Rajastan shtatida yana 31 kishi halok bo‘lib, bo‘rondan keyingi jala oqibatida Alvar, Xolpur va Bxaratpur tumanlari zarar ko‘rgan.

Sinoptiklarning taxmin qilishicha, mamlakatning ushbu qismlariga yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi va qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring