Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internet orqali hokimga tuhmat qilgan fuqaro 1 yilu 3 oyga qamaldi

Internet orqali hokimga tuhmat qilgan fuqaro  1 yilu 3 oyga qamaldi

Foto:«Advokatskaya gazeta»

Internet foydalanuvchisi Q.S. «Odnoklassniki.ru» tarmog‘ida o‘zining nomiga ochilgan profilga «Adolat izlab», «Adolat qachon?» deb nomlangan video ma’lumotlarni joylashtirgan. 

Unda go‘yoki tuman hokimi davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni aybsiz bo‘lsalar-da, ularga nisbatan noqonuniy dalillar to‘platib qamatib yuborgani, fermer xo‘jaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, tuman hokimi 15-20 gektar yerni 5-10 ming AQSh dollaridan sotib yuborgan. Bu gaplar bilan u tuman hokimini juda ko‘p miqdorda pora olganlikda ayblab chiqqan.

Q,S. firibgarlik bilan ham shug‘ullanib, ikkita odamning ish haqini bermay kelgani ma’lum qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichevning ma’lumot berishicha, Q.S. tomonidan amalga oshirilgan ishlar, videomateriallarda tilga olingan holatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan. Natijada bu fuqaro aytgan gapi, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbotlanmagan.

Yakunda Q.S. ga 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring